Tabiiy fanlar

TURLI HARORATLARDA UGLEROD NANOTRUBKALARI DASTASINING REZONANS XUSUSIYATLARINI MOLEKULYAR DINAMIKA USULIDA TADQIQ QILISH

uglerod nanotrubkalari dastasi, molekulyar dinamika, rezonans chastota, erkin tebranish, termik ta’sir, nanorezonator, LAMMPS, nanosensorlar.

Mualliflar

  • Navruz B. ZOIROV Danila V. ALYABEV Tayanch doktorant, O‘zR FA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Toshkent, O‘zbekiston, PhD, katta ilmiy xodim, O‘zR FA U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institute, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan
  • Ishmumin Dj. YADGAROV Ikrom Z. UROLOV Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA U.Arifov nomidagi Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti, Toshkent, O‘zbekiston, , Uzbekistan

Uglerod nanotrubkalari (UNT) yuqori mexanik mustahkamlik, kichik massa va yuqori rezonans xususiyatlari sababli nanoo‘lchamli rezonatorlar hamda sensor tizimlarida keng qo‘llanilmoqda. Nanoo‘lchamli rezonatorlarning asosiy muammolaridan biri termik muhit ta’sirida ularning rezonans chastotalari va dinamik barqarorligining o‘zgarishidir. Ushbu ishda 200 K dan 500 K gacha bo‘lgan harorat intervalida UNT dastasining tebranish xususiyatlari molekulyar dinamika usuli asosida tadqiq qilindi. Turli termik sharoitlarda UNT dastasining amplituda–chastota xarakteristikalari (ACHX) tahlil qilinib, rezonans chastotalari aniqlandi.