Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TURKISTON ASSRDA SOLIQ SIYOYATIGA OID ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR TASNIFI

Turkiston ASSR, soliq siyosati, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, dekret, qaror, nizom, yo‘riqnoma, soliq tizimi, soliq va yig‘imlar, moliya siyosati, arxiv manbalari.

Mualliflar

Mazkur maqolada Turkiston ASSRda soliq siyosatini amalga oshirish va tartibga solishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning turlari hamda tasnifi tahlil qilinadi. Unda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida qabul qilingan dekretlar, qarorlar, nizomlar, yo‘riqnomalar va boshqa huquqiy hujjatlarning soliq tizimini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, mazkur hujjatlarning soliq va yig‘imlarni belgilash, undirish hamda moliyaviy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati arxiv manbalari asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada Turkiston ASSR soliq siyosatining huquqiy asoslarini o‘rganish orqali ushbu davrdagi soliq tizimining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari ochib beriladi.