Tabiiy fanlar

SHAFTOLI BARGLARI HAMDA DALACHOY, MARMARAK, YALPIZ VA BO‘YMODARON O‘TLARIDAN TUZILGAN KOMPOZITSIYANING ANTIOKSIDANT FAOLLIGI VA ADAPTOGEN XUSUSIYATLARI

antioksidant faollik, adaptogen, o‘simlik kompozitsiyasi, shaftoli barglari, dalachoy, marmarak, yalpiz, bo‘ymodaron, spektrofotometriya, jismoniy chidamlilik.

Mualliflar

  • Ganjina NAVRUZODA Farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent, Tojikiston davlat tibbiyot universiteti, Dushanbe, Tojikiston, Uzbekistan
  • Fazliddin JALILOV Professor, DSc, Alfraganus universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Fotima SOBIROVA Dotsent, Alfraganus universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada shaftoli barglari, dalachoy, marmarak, yalpiz va bo‘ymodaron o‘tlari ekstraktlari hamda ular asosida tuzilgan
kompozitsiyaning antioksidant faolligi va adaptogen xususiyatlari o‘rganildi. Antioksidant faollik adrenalin avtooksidlanishini
ingibirlashga asoslangan spektrofotometrik usulda 347 nm to‘lqin uzunligida baholandi. Adaptogen faollik esa yuklama bilan
suzish testi orqali aniqlanib, kompozitsiya alohida ekstraktlarga nisbatan yuqori ta’sir ko‘rsatgani qayd etildi.