Tabiiy fanlar

SIRDARYO TUMANI EKIN EKILADIGAN MAYDONLARIDAGI TUPROQ QATLAMLARINING TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN TUZ TARKIBINI TADQIQ ETISH

Sirdaryo, tuproq sho‘rlanishi, ionlar taqsimlanishi, meliorativ holat, pH muhiti, namligi, kationlar, anionlar

Mualliflar

  • Sanjar TO‘YCHIYEV PhD, katta ilmiy xodim, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Axat TOG‘ASHAROV DSc, professor, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Bahtiyor NORMAHMATOV Shifokor ordinator (Pediatr), stajor assistent, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Utkirjon MADATOV PhD, dotsent, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu ilmiy ishda Sirdaryo tumani tuproqlarida sho‘rlanish jarayonining kimyoviy xususiyatlarini, suvda eruvchan ionlarning
tuproq qatlami bo‘yicha taqsimlanishi o‘rganilgan. O‘rganilgan Sirdaryo tumani maydonlarida sug‘orish, yuqori bug‘lanish, sizot
suvlarining sathi va minerallashuvi hamda drenaj sharoitlarining tuproq sho‘rlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi dolzarbligicha
qolmoqda. Ilmiy ishimizda tuproqning 0–5, 5–10, 10–20, 20–40, 40–60, 60–80 va 80–100 sm qatlamlarida suvda eruvchan -Ca²⁺,
-Mg²⁺, -Na⁺, -K⁺ kationlar va -SO₄²⁻, -CO₃²⁻, -Cl⁻ anionlarning miqdorlarini taqsimotiga e’tibor berildi. Mazkur ko‘rsatkichlarning
qatlamlar bo‘yicha o‘zgarishi tuproqdagi tuzlarning migratsiyasi, shuningdek, sho‘rlanish jarayonining shakllanish xususiyatlarini
baholash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari tuproq sho‘rlanishini monitoring qilish, sug‘orish va meliorativ tadbirlarni
takomillashtirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini saqlash bo‘yicha ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi