Tabiiy fanlar

QAYRAG‘OCH OLTIN KONINING MINERALOGIK VA GEOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI (SHARQIY O‘ZBEKISTON)

Qayrag‘och koni, Qoratash kalderasi, yuqori sulfidli tip, epitermal ma’danlashuv, telluridlar, selenidlar, sulfostannatlar, element-aralashmalar, erozion qirqim, qidiruv mezonlari.

Mualliflar

  • Intizor MUSTAFOYEVA Kichik ilmiy xodim, H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Shohboz YOSHUZOQOV Kichik ilmiy xodim, H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada Qurama tizmasining shimoliy yonbag‘irlarida joylashgan, o‘ziga xos geologik va mineralogik xususiyatlarga
ega bo‘lgan Qayrag‘och epitermal oltin konini mineralogik va geokimyoviy jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari
kon maydonini tashkil etuvchi o‘rta-kechki karbon davriga mansub andezit-datsit va liparit formatsiyalarining vulqoniy-cho‘kindi
hamda subvulqoniy hosilalari, shuningdek, perm davrining turli tarkibli plutonik daykalar majmuasi batafsil tavsiflangan.