Tabiiy fanlar

MIKROSEYSMIK TEBRANISHLAR ASOSIDA TERMIZ SHAHRI HUDUDIDA TARQALGAN GRUNTLARINING DINAMIK TAVSIFI VA SEYSMIK ZAIFLIGINI BAHOLASH

mikroseysmik, grunt, zaiflik, chastota, spektr, zilzila, seysmometr, tektonik, tebranishlar, seysmogen zona

Mualliflar

  • Asilbek RAHMATOV, PhD, katta ilmiy xodim, O‘zR FA G‘.О. Mаvlоnоv nоmidаgi Seysmologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Eldor YADIGAROV, PhD, O‘zR FA G‘.О. Mаvlоnоv nоmidаgi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Musurmonqul QODIROV Katta ilmiy xodim, O‘zR FA G‘.О. Mаvlоnоv nоmidаgi Seysmologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Xusniddin BOBOYOROV Katta ilmiy xodim, O‘zR FA G‘.О. Mаvlоnоv nоmidаgi Seysmologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Asilbek QODIRBOYEV Yetakchi muhandis, O‘zR FA G‘.О. Mаvlоnоv nоmidаgi Seysmologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada Termiz shahri hududida mikroseysmik kuzatuvlar asosida gruntlarning seysmik zaifligini baholash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda Nakamura (HVSR) usuli yordamida gruntlarning ustun rezonans chastotasi, spektral kuchaytirish koeffitsienti hamda grunt zaifligi indeksi (Kg) hisoblandi. Olingan natijalar Geopsy va SESAME dasturlari yordamida qayta ishlanib, GAT texnologiyalari asosida Termiz shahri hududi uchun gruntlarning seysmik zaiflik indeksi xaritasi ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari lyossimon va suvga to‘yingan gruntlar tarqalgan hududlarda gruntlarning seysmik tasirlarga nisbatan zaifligi yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Ishlab chiqilgan xarita seysmik rayonlashtirish, qurilish maydonlarini tanlash hamda muhandislik-geologik baholash ishlarida amaliy ahamiyatga ega.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##