Tabiiy fanlar

TOSHKENT SHAHRI ATMOSFERA HAVOSINING CHANG BILAN IFLOSLANISHI

chang, atmosfera havosining ifloslanishi, geografik axborot tizimi (GIS), IDW, fazoviy tahlil, atmosfera havosi sifati, Toshkent shahri, urbanizatsiya.

Mualliflar

  • Shaxboz ZARIPOV Tayanch doktorant, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Nilufar ISMATOVA PhD, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Shahar atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi va antropogen faoliyatning
kuchayishi bilan bog‘liq eng dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi 2013-2023-yillar
davomida yoz faslida Toshkent shahri atmosfera havosidagi chang konsentratsiyasining fazoviy va vaqt bo‘yicha taqsimlanishini
tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining atmosfera havosi sifatini kuzatish bo‘yicha 12 ta monitoring stansiyasidan
olingan chang konsentratsiyasi ma’lumotlaridan foydalanildi. Chang konsentratsiyasining hududiy taqsimlanishini baholash uchun
geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalari hamda Inverse Distance Weighting (IDW) interpolatsiya usuli qo‘llanildi.