Tabiiy fanlar

TOMDITOV-BELTOV MINTAQASIDA FLYUID-O‘TKAZUVCHI ZONALARNI AJRATISHNING GEOELEKTRIK VA GEOMAGNIT MEZONLARI

Tomditov–Beltov, qobiq flyuidlari, geoelektrik maydon, geomagnit maydon, solishtirma elektr qarshilik, ma’danlashuv.

Mualliflar

  • Shoxrux ZIYABOV Tayanch doktorant, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada Tomditov - Beltov tog‘-kon mintaqasida qobiq flyuid-ma’danlashuv tizimlarini aniqlashda geoelektrik va geomagnit
ma’lumotlardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari tizimlashtiriladi. Geoelektrik anomaliyalar flyuidga to‘yingan darzlangan
muhit, sulfidlanish yoki grafitlanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi, biroq gil minerallari, mineral suvlar va litologik omillar
ham past solishtirma elektr qarshilikni yuzaga keltirishi mumkinligi hisobga olinadi. Geomagnit anomaliyalar esa magnetitli jinslar
va intruziv tanalarni, shuningdek gidrotermal o‘zgarish natijasida magnit minerallarining hosil bo‘lishi yoki parchalanishini
bilvosita aks ettirishi mumkin.