Tabiiy fanlar

JANUBI-G‘ARBIY HISOR NEFT-GAZLI MINTAQASINING MEZO-KAYNOZOY YOTQIZIQLARINING PALEOSTRUKTURAVIY TAHLILI

Janubi-g‘arbiy Hisor neft-gazli mintaqasi, paleostrukturaviy tahlil, mezo-kaynozoy yotqiziqlari, izopaxit xaritalari, neft va gaz konlari.

Mualliflar

  • Хожиакбар АКРАМОВ Базовый докторант, младший научный сотрудник, Государственного учреждения «Институт геологии и разведки нефтяных и газовых месторождений», Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan

Murakkab geologik sharoitlarda neft va gaz izlov-qidiruv ishlarining samaradorligi bevosita strukturaviy tuzoqlarining shakllanish
tarixini qayta tiklashning aniqligiga bog‘liqdir. Ushbu maqolada Janubi-G‘arbiy Hisor neft-gazli mintaqasining mezo-kaynozoy
cho‘kindi qatlamining paleostrukturaviy tahlili asosida uning tektonik rivojlanish tarixi qayta tiklandi va asosiy strukturaviy
elementlarning shakllanish bosqichlari aniqlandi. Tadqiqot 70 ta quduqning batafsil stratigrafik bo‘linishiga asoslanadi. Tayanch
reper sifatida o‘rta-yuqori yura karbonat yotqiziqlari ustki qismi bo‘yicha strukturaviy xaritadan foydalanildi, uning asosida
qoplovchi qatlamlarning qalinligini ketma-ket qo‘shish usuli bilan oltita paleostrukturaviy xaritalar seriyasi tuzildi.
Paleostrukturaviy modellashtirish hududning tektonik evolyutsiyasini - so‘nggi yura davridagi Dehqonobod egilmasining
shakllanishidan tortib antiklinal zonalarning paleogen davridagi o‘sishigacha bo‘lgan davrni qayta tikladi va zamonaviy
strukturaviy rejaga yuqori darajada mos kelishini ko‘rsatdi.