Tabiiy fanlar

MONOXLORSIRKA VA TRIETANOLAMIN ISHTIROKIDAGI SUVLI TIZIMLARDA ERUVCHANLIK MUVOZANATINI OʻRGANISH

politermik eruvchanlik, uch komponentli sistema, monoxlorsirka kislotasi, trietanolamin, fiziologik faol moddalar, gerbisid

Mualliflar

  • Qahramon TO‘RAYEV Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent, Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Ruzimurod JO‘RAYEV PhD, dotsent, Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Navruzbek QAXXOROV Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Ahat TOGASHAROV Texnika fanlari doktori (DsC), professor, O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda monoxlorsirka kislotasi–trietanolamin - suv uch komponentli tizimining eruvchanlik xossalari - 46°C dan +13°C
gacha politermik usulda o‘rganildi. Olingan natijalar asosida to‘liq eruvchanlik diagrammasi tuzilib, muz, monoxlorsirka kislotasi,
uning monogidrati (ClCH₂COOH·H₂O), trietanolamin hamda yangi aniqlangan ClCH₂COOH·H₂O·N(C₂H₄OH)₃ kompleks
birikmasining mustaqil kristallanish sohalari belgilandi. Kompleksning tarkibi kimyoviy tahlillar bilan tasdiqlanib, stexiometriyasi
aniqlandi. Natijalar yangi biologik faol birikmalar yaratish, reaksion muhitni optimallashtirish va texnologik jarayonlarni
loyihalash uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega