Tabiiy fanlar

RAQAMLI DAVRDA INSON MAS’ULIYATI VA SUN’IY INTELLEKT TA’SIRIDA ONTOLOGIK TRANSFORMATSIYALAR

Raqamli davr, sun’iy intellekt, inson mas’uliyati, ontologik transformatsiya, axloqiy tanlov, raqamli subyekt, algoritm, texnologik vositachilik.

Mualliflar

  • Orifjon ABDAZOV Tadqiqotchi, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanishi natijasida inson mavjudligi, ijtimoiy munosabatlar
hamda shaxsiy mas’uliyat tushunchasida yuz berayotgan ontologik transformatsiyalar falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning
inson faoliyatini yengillashtirishi bilan bir qatorda, qaror qabul qilish, axloqiy tanlov, mualliflik va javobgarlik chegaralariga ta’siri
yoritiladi. Insonning raqamli muhitdagi faoliyati texnik vositalar bilan hamkorlikda amalga oshayotgan bo‘lsa-da, uning axloqiy subyekt
sifatidagi o‘rni yo‘qolmasligi asoslab beriladi. Tadqiqotda sun’iy intellektni mustaqil axloqiy subyekt sifatida emas, balki inson maqsadi,
qadriyati va mas’uliyatining texnologik ifodasi sifatida tushunish zarurligi ilgari suriladi.