Ijtimoiy-gumanitar fanlar

FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMINING MORFOLOGIK TUZILISHI

fe’l, morfologiya, morfema, negiz, affiks, suffiks, fleksiya, agglutinatsiya, fe’l yasalishi, tuslanish, grammatik kategoriya, fransuz tili, o‘zbek tili

Mualliflar

  • Zarifa ESHMURODOVA PhD, dotsent, Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek tillarida fe’l so‘z turkumining morfologik tuzilishi qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi ikki tilda fe’lning morfemik tarkibi, fe’l negizi, affikslar, grammatik shakl hosil qiluvchi vositalar hamda
fe’l yasalishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Fransuz tilida fe’l shakllarining hosil bo‘lishida radikal va flektiv
ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutishi, ayrim fe’llarda radikalning allomorfik variantlari yuzaga kelishi kuzatiladi. O‘zbek tilida esa fe’l
morfologiyasi agglutinativ xususiyat bilan ajralib turib, grammatik ma’nolar, odatda, ketma-ket qo‘shiladigan affikslar orqali ifodalanadi.
Tadqiqot natijalari fransuz va o‘zbek tillaridagi fe’l morfologiyasining umumiy va farqli jihatlarini aniqlash, shuningdek, ularni kontrastiv
lingvistika va chet tilini o‘qitish metodikasi nuqtayi nazaridan izohlash imkonini beradi.