Ijtimoiy-gumanitar fanlar

VIRTUAL MAKONDA IDENTIKLIKNI TA’MINLASHDA IJTIMOIY-MADANIY MAZMUNDAGI MATERIALLARNING O‘RNI: KUN.UZ VA OYINA.UZ INTERNET-PORTALLARI MISOLIDA

virtual makon, identiklik, ijtimoiy-madaniy kontent, mediakontent, raqamli kommunikatsiya, onlayn jurnalistika, madaniy identiklik, ijtimoiy identiklik, media tahlili, vertikal va gorizontal axborot tarqalishi, Kun.uz, Oyina.uz, internet-portallar, raqamli media, jurnalistika.

Mualliflar

  • Shohro‘z MIRZAQOBILOV Tayanch doktorant, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada Kun.uz va Oyina.uz internet-portallari misolida virtual makonda ijtimoiy-madaniy mazmundagi materiallarning
identiklikni saqlash va mustahkamlashdagi o‘rni dolzarb hamda chuqur ilmiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Muallif nazariy
qarashlarni amaliy media tahlili bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirib, axborotning vertikal va gorizontal tarqalish
mexanizmlarining madaniy hamda ijtimoiy identiklikni mustahkamlashdagi ahamiyatini asoslab bergan. Tadqiqot mantiqiy
tuzilishga ega bo‘lib, dolzarb misollar bilan boyitilgan hamda zamonaviy raqamli media amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan
muhim tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, maqola media tadqiqotlari, raqamli kommunikatsiya va madaniy
jurnalistika yo‘nalishlarida muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi hamda ayrim tahririy tuzatishlar kiritilganidan so‘ng nashr etishga
tavsiya etiladi