Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK XALQ ERTAKLARIDA METAFORALARNING LINGVOMADANIY VA KOGNITIV XUSUSIYATLARI

Metafora, tafakkur, folklor, qadriyat, lingvomadaniy, semantik, kognitiv, tilshunoslik, tasvirlash, qahramon, madaniyat, axloqiy, o‘xshatish

Mualliflar

  • Nargiza URALOVA Mustaqil tadqiqotchi, Qarshi davlat universiteti, Qarshi, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarida eng ko‘p uchraydigan metaforik birliklarning lingvomadaniy, semantik, badiiy va kognitiv xususiyatlari o‘rganildi. Xalq ertaklari shu xalqga xos bo‘lgan madaniyat, dunyoviy qarashlar, milliy tafakkur va axloqiy qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan folklor janr hisoblanadi. Ertaklarda metafora qahramonni tasvirlash, yaxshilik va yomonlikni qiyoslash, go‘zallik, jasorat, baxt, va hayotiy sinovlarni o‘quvchiga tasvirlab berishda qo‘llanadigan eng muhim tilshunoslik birligidir