Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA PEDAGOGIK TERMINOLOGIYANING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING TIPOLOGIK HAMDA SEMANTIK-STRUKTURAVIY XUSUSIYATLARI

Pedagogik terminologiya, pedagogik termin, terminologik tizim, ingliz tili, o‘zbek tili, qiyosiy tahlil, qiyosiytipologik tahlil, semantik xususiyatlar, struktur xususiyatlar, termin yasash, terminologik birlik

Mualliflar

  • Feride NIYAZOVA Senior Lecturer of the Department of Foreign Language, Independent researcher at the Uzbekistan State World Languages University, Shahrisabz State Pedagogical Institute, Uzbekistan

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida pedagogik terminologiyaning shakllanishi va rivojlanish jarayonlari, shuningdek,
ularning tipologik hamda semantik-struktur xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ikki tilda
pedagogik terminlarning yuzaga kelish manbalari, struktur modellari, semantik xususiyatlari va terminologik tizimdagi funksional
o‘rnini aniqlashdan iborat. Ingliz va o‘zbek tillaridagi pedagogik terminlar sodda, yasama, qo‘shma hamda terminologik birikma
shakllari asosida tasniflanib, ularning hosil bo‘lishida affiksatsiya, kompozitsiya, o‘zlashma va semantik derivatsiya kabi
usullarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik terminlarning umumiy va milliy xususiyatlari, ma’no tarkibi, terminologik
barqarorligi hamda ikki tildagi muqobilligi aniqlanadi.