Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OʻZBEKISTONDA YOLGʻIZ KEKSALAR BILAN SOTSIOGERENTOLOGIK FAOLIYAT OLIB BORISH TIZIMINING SAMARALI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI

Yolgʻiz keksalik, sotsiogerontologiya, ijtimoiy izolyatsiya, subyektiv yolgʻizlik, ijtimoiy kapital, ijtimoiy integratsiya, mahalla, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, ijtimoiy xizmat, faol keksayish.

Mualliflar

  • Lobarxon ERYIGITOVA PhD, dotsent, Central Asian medical universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada Oʻzbekistonda yolgʻiz va yolgʻiz yashovchi keksalar bilan sotsiogerontologik faoliyat olib borish tizimini takomillashtirishning
nazariy, institutsional va amaliy mexanizmlari sotsiologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Yolgʻiz keksalik faqat oilaviy holat yoki bir
kishilik xoʻjalikda yashash bilan belgilanmay, balki ijtimoiy aloqalarning qisqarishi, ijtimoiy rollarning transformatsiyasi, subyektiv
yolgʻizlik, ijtimoiy izolyatsiya, raqamli tengsizlik va jamoaviy hayotdan uzoqlashish bilan bogʻliq koʻp oʻlchovli ijtimoiy fenomen sifatida
asoslangan.