Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INTELLEKTUALIZM VA SUN’IY INTELLEKT FALSAFASI

Intellektualizm, intellekt, aql, tafakkur, ong, bilim, sun’iy intellekt, falsafa, ratsionalizm, ijodkorlik, axloq, erkinlik.

Mualliflar

  • Gayrat RAXIMOV PhD, dotsent, Urganch davlat universiteti, Urganch, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada intellektualizm va sun’iy intellekt falsafasining o‘zaro aloqador jihatlari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etiladi.
Zamonaviy texnologik taraqqiyot sharoitida inson tafakkuri, aql, bilim, ong, ijodkorlik va axloqiy mas’uliyat kabi tushunchalarning
mazmuni yangi talqinni talab qilmoqda. Maqolada intellektualizmning tarixiy-falsafiy asoslari, inson intellektining tabiati, sun’iy
intellektning shakllanishi, mashina va inson tafakkurining o‘xshash hamda farqli tomonlari, bilim va haqiqat muammosi, ijodkorlik, axloq,
erkinlik, mas’uliyat va inson qadri masalalari tahlil qilinadi.