Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GIYOHVANDLIKDAN KEYIN SHAXSNI IJTIMOIY HAYOTGA QAYTA MOSLASHTIRISH MUAMMOSI VA “12 QADAM” DASTURINING AHAMIYATI

Giyohvandlik, giyohvand moddalar, reabilitatsiya, ijtimoiy-psixologik qayta moslashuv, 12 qadam dasturi, Anonim Giyohvandlar, o‘zaro yordam guruhlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy integratsiya, sponsorlik.

Mualliflar

Maqolada giyohvandlikdan keyin shaxsni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirish va bu jarayonda 12 qadam dasturining ijtimoiy-psixologik
mexanizmlari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xorijiy ilmiy adabiyotlar, sistematik sharhlar, meta-tahlillar va klinik tadqiqotlar natijalari
umumlashtirildi. Tahlil natijalari 12 qadam guruhlarida ishtirok etishning giyohvand moddalar iste’molining kamayishi, ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash va ijobiy ijtimoiy aloqalarning ortishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. 12 qadam dasturining ijtimoiy-psixologik ahamiyati ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash, guruhga tegishlilik, sponsorlik va ijtimoiy rollarni tiklash mexanizmlari bilan izohlanadi.