Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA SUN’IY INTELLEKT INTEGRATSIYASIDAGI MUAMMOLAR VA CHEKLOVLAR

Sun’iy intellekt, zamonaviy tilshunoslik, tabiiy tilni qayta ishlash, katta til modellari, kam resursli tillar, mashinaviy tarjima, lingvistik ma’lumotlar, generativ sun’iy intellekt.

Mualliflar

  • Muzaffar TADJIBAYEV PhD, dotsent, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarining integratsiyasi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar
va cheklovlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda tabiiy tilni qayta ishlash, katta til modellari, generativ sun’iy intellekt va mashinaviy tarjima
texnologiyalarining lingvistik imkoniyatlari hamda ularni qo‘llash jarayonida kuzatiladigan muammolar ilmiy manbalar asosida
o‘rganiladi. Xususan, lingvistik ma’lumotlarning yetarliligi va sifati, kam resursli tillarning raqamli muhitda yetarlicha ifodalanmasligi,
semantik va pragmatik ma’nolarni modellashtirish, ko‘p tillilik hamda lingvomadaniy xususiyatlarni hisobga olish masalalariga alohida
e’tibor qaratiladi.