Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KINOPUBLITSISTIKADA MILLIY IDENTITET VA TARIXIY XOTIRA: O‘ZBEKISTON VA TURKIYA TELEVIZION FILMLARI MISOLIDA

Kinopublitsistika, televizion serial, milliy identitet, tarixiy xotira, kollektiv xotira, mediatizatsiya, Jaloliddin Manguberdi, “Mendirman Jaloliddin”, “Diriliş: Ertuğrul”, tarixiy obraz, milliy narrativ, audiovizual kommunikatsiya

Mualliflar

Mazkur maqolada zamonaviy televizion kinopublitsistikada milliy identitet va tarixiy xotira reprezentatsiyasi O‘zbekiston hamda Turkiya audiovizual tajribasi misolida tadqiq etiladi. Izlanishning o‘zak obyekti sifatida O‘zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida yaratilgan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy televizion seriali, qiyosiy material sifatida esa Turkiyaning “Diriliş: Ertuğrul” telemahsuloti tanlangan. Maqolada tarixiy shaxs glesining (obrazining) ekran interpretatsiyasi, milliy va madaniy identitet markerlarining vizual-narrativ vositalar orqali moddiylashuvi hamda kollektiv ongda tarixiy xotirani mustahkamlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ikki mamlakat televizion diskursidagi qahramonlik, vatanparvarlik, davlatchilik silsilasi, diniy-ma’naviy qadriyatlar va tarixiy davomiylik konseptlarining badiiy-publitsistik talqini qiyosiy o‘rganiladi