Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT VA NODAVLAT MUZEYLARINING TASHKIL ETILISH BOSQICHLARI VA INSTITUTSIONAL OʻZGIRISHLAR

Muzey, nodavlat muzey, institutsionallashuv, madaniy meros, davlat siyosati, muzey tarmogʻi, ekspozitsiya, maʼnaviy tarbiya.

Mualliflar

  • Elyorjon JALILOV Tadqiqotchi, Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Maqolada mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda davlat va nodavlat muzeylarining tashkil etilishi bosqichlari, ularning institutsional oʻzgarishlari va madaniy merosni asrash borasidagi davlat siyosatining taʼsiri tizimli ravishda tahlil etilgan. Shuningdek, muallif tomonidan muzey tarmogʻini shakllantirish, ularni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yoritilgan. Maqolada muzeylarning tarixiy-madaniy merosni asrash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ilmiy-maʼrifiy markaz sifatidagi oʻrni ochib berilgan.