Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBЕKISTONDA TOG‘-KON ISHLARI TARIXI VA SOHA RIVOJLANISHIDA ILMIY MAKTAB YARATGAN OLIMLAR (VAHOB RAHIMOV VA HABIBULLA AKBAROV FAOLIYATI MISOLIDA)

Vahob Rahimov, Habibulla Akbarov, tog‘-kon sohasi, Marksheyderlik, ilmiy maktab, prognozlash metodikasi, geotexnologik jarayonlar.

Mualliflar

  • Shahnoza TOSHQULOVA Tayanch doktorant, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Ushbu maqolada akademiklar Vahob Rahimov va Habibulla Akbarov ilmiy maktablarining salohiyatidan mustaqillik davri tog‘konchilik sanoatida foydalanilishi, ularning metodologiyasi, geologik prognozlash va ruda konlarini izlashdagi amaliy natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy ilmiy maktablar bo‘lmish akademiklar Vahob Rahimov va Habibulla Akbarov ilmiy maktablari asosida ishlab chiqilgan metodikalar va ilmiy ishlar tog‘-konchilik sohasida samarali qo‘llanilayotgani, akademik Habibulla Akbarovning ruda maydonlarini kompyuterda miqdoriy prognozlash metodikasi va akademik Vahob Rahimovning zamonaviy marksheyderlik hamda geotexnologik jarayonlarni modellashtirish maktablari o‘zaro integratsiyalashgani xususidagi o‘rganishlar yoritiladi.