Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“SHUM BOLA” VA “YODGOR” QISSALARIDA LEKSIK-SEMANTIK MAYDONLARNING LINGVOPOETIK FUNKSIYALARI

G‘afur G‘ulom, “Shum bola”, “Yodgor”, leksik semantika, semantik mikromaydon, lingvopoetik funksiya, pragmatik ma’no, kontekstual sema.

Mualliflar

  • Nodira XAMIDOVA, O‘qituvchi, Termiz davlat pedagogika instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada G‘afur G‘ulomning “Shum bola” va “Yodgor” qissalaridagi leksik birliklarning semantik mikromaydonlar doirasida tashkil topishi hamda ularning lingvopoetik va pragmatik funksiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi ikki qissa materialidagi leksik birliklarning alohida mavzuiy guruhlar sifatida emas, o‘zaro kesishuvchi semantik mikromaydonlar tizimi sifatida qiyosiy tahlil qilinganidadir. Natijalarni umumlashtirish asosida leksik nominatsiya → kontekstual assotsiatsiya → ijtimoiy-madaniy axborot → subyektiv-pragmatik baho → badiiy ta’sir shaklidagi tahliliy-evristik model taklif etiladi.