Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIBBIY VA MAISHIY NUTQDA ORTIQCHALIK HAMDA TEJAMLILIK HODISASINING NAZARIY TAHLILI

Tibbiyot lingvistikasi, abbreviatura, tejamlilik, ortiqchalik, pleonazm, tavtologiya, tibbiy kommunikatsiya, tibbiy nutq.

Mualliflar

Ushbu maqolada tibbiyot lingvistikasida tejamlilik va ortiqchalik tamoyillarining namoyon bo‘lishi hamda ularning tibbiy kommunikatsiyadagi o‘rni tahlil qilinadi. Antroposentrik yondashuv asosida til va inson omilining o‘zaro bog‘liqligi yoritilib, tibbiy terminlar va abbreviaturalarning nutqdagi funksional xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tibbiy nutqda tejamlilik tamoyili qisqartmalar, terminologik ixchamlik va ellipsis vositasida namoyon bo‘lishi, ortiqchalik esa pleonazm va tavtologiya shakllarida yuzaga kelishi misollar asosida tahlil etiladi. Shuningdek, tibbiy axborotni keng jamoatchilikka tushunarli yetkazishda ortiqchalikning ijobiy va salbiy jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari tibbiy kommunikatsiyada tejamlilik va ortiqchalik hodisalari bir-birini inkor etmasligi, aksincha, kommunikativ vaziyatga qarab o‘zaro to‘ldiruvchi vosita sifatida xizmat qilishini ko‘rsatadi.