Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DAVLAT PRIDA DIALOGIK VA XIZMATGA YO‘NALTIRILGAN KONTENT: O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING 2026-YILGI RAQAMLI KOMMUNIKATSIYALARI TAHLILI

Davlat PRi, raqamli kommunikatsiya, dialogik kommunikatsiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi, ijtimoiy media, jamoatchilik bilan aloqalar, xizmatga yo‘naltirilgan kontent.

Mualliflar

  • Zulayxo YUSUPOVA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tadqiqotchisi, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yilgi raqamli kommunikatsiyalarida dialogik va xizmatga yo‘naltirilgan xususiyatlar tahlil qilindi. gov.uz portalidagi 20 ta rasmiy material to‘rtta indikator bo‘yicha yo‘naltirilgan kontent-tahlildan o‘tkazildi: savol freymingi, video/medialoyiha integratsiyasi, amaliy xizmat axboroti va institutsional tinglash. Ko‘rsatkichlar mos ravishda 65%, 80%, 20% va 15%ni tashkil etdi. Natijalar taqdimotga oid dialogiklik servis va qayta aloqa mexanizmlaridan kuchliroq ekanini ko‘rsatadi. Davlat raqamli PRini baholash uchun ixcham indikatorlar tizimi taklif etiladi.