Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SOVET DAVRIDA IRRIGATSIYA SIYOSATI VA OROL HAVZASIDA SUV RESURSLARINING QAYTA TAQSIMLANISHI (1960-1991-YILLAR)

Orol dengizi, irrigatsiya siyosati, suv resurslari, paxta monokulturasi, Amudaryo, Sirdaryo, ekologik inqiroz, sovet suv xo‘jaligi, 1110-son qaror, havza boshqarmasi.

Mualliflar

  • Nodirbek DADABOYEV Mustaqil izlanuvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada 1960-1991-yillarda Orol havzasidagi sovet irrigatsiya siyosatining kuchayishi va suv resurslarining qayta taqsimlanishi tarixiy hujjatlar hamda xalqaro baholash hisobotlari asosida tahlil qilinadi. Sug‘oriladigan maydonlar, gidrotexnik infratuzilma va paxta monokulturasi o‘rtasidagi bog‘liqlik miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan yoritiladi, dengiz sathi, maydoni, hajmi va sho‘rligi o‘zgarishining siyosiy qarorlar bilan aloqasi ochiladi. 1986-1991-yillarda qabul qilingan ittifoq hujjatlari -64-son va 1110-son qarorlar, SSSR Oliy Kengashining 1989-yil 27-noyabrdagi qarori va 261-son qaror -mazmuni hamda ijro darajasi bo‘yicha qiyoslanadi. Muallif ekologik inqirozni rasman tan olishning o‘zi uni bartaraf etishga yetarli emasligi, ijro mexanizmi va iqtisodiy rag‘batlar o‘zgarmagan sharoitda kompleks hujjatlar ham deklarativ bo‘lib qolishi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.