Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK CHET TIL O‘QITUVCHILARINING YOZUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Sun’iy intellekt, generativ sun’iy intellekt, bo‘lajak chet til o‘qituvchisi, yozuv ko‘nikmalari, AI-assisted writing, yozma fikr-mulohaza, jarayonli yozuv, feedback literacy, AI savodxonligi, akademik halollik.

Mualliflar

  • Durdona SAYDAZIMOVA PhD, dotsent, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada bo‘lajak chet til o‘qituvchilarining yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellekt vositalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot generativ sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan yozma tuzatish fikr-mulohazasi, AI-assisted writing hamda o‘qituvchining AI kompetensiyasiga doir zamonaviy ilmiy manbalarning sifatli tahliliy sharhiga asoslangan. Tahlil natijasida sun’iy intellekt vositalari jarayonli yozuv yondashuvi doirasida g‘oya yaratish, rejalashtirish, dastlabki matnni tayyorlash, tilga oid fikr-mulohaza olish, qayta ishlash, tahrirlash va refleksiv o‘zini baholashni qo‘llab-quvvatlashi aniqlashtirildi. Bunda ta’lim samaradorligi talabaning mualliflik pozitsiyasi, AI javoblarini tanqidiy tekshirishi, akademik halollik va o‘qituvchi mediatsiyasiga bog‘liq.