ANʼANAVIY VA ZAMONAVIY JAMIYATLARDA IJTIMOIY ONG TIZIMIDAGI TRANSFORMATSIYALASHUV TENDENSIYALARI

ijtimoiy ong, sotsiologik, sinergetika, dinamika, anʼanaviy jamiyat, zamonaviy jamiyat, konsepsiya, inklyuziv, ekstraktiv, taraqqiyot, ijtimoiy institut, siyosiy ong, yangi tedensiya, islohotlar.

Mualliflar

  • G‘olibjon MAHAMMADJANOV O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi maʼsul xodimi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Uzbekistan

##submission.downloads##

Maqolada yangi zamonaviy munosabatlarda demokratik tamoyillar asosidagi jamiyat va davlat qurish bilan bog‘liq jarayonlarda ijtimoiy ong va unga taʼsir etuvchi jamiyat institutlarining ahamiyati, fuqarolar va jamiyat munosabatlarida kuzatiladigan transformatsion o‘zgarishlar, ularning zamonaviy jamiyatlardagi ijtimoiy tizimi rivojidagi ahamiyatining konseptual asoslari ochib berilgan. Shuningdek, mazkur tushunchalarning ijtimoiy fanlar tizimida, xususan aynan sotsiologiya fanida shakllanishining asosiy bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilib, o‘rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq va G‘arb mutafakkirlari hamda zamonaviy O‘zbekiston, shu bilan bir qatorda, xorijiy olimlarning sohaga oid tadqiqotlari o‘zaro uyg‘unlashtirilgan holda tadqiq etilgan.