Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ABDULLA GULSHANIY HAYOTI, JADIDCHILIK HARAKATIDAGI FAOLIYATI VA ADABIY-ILMIY MEROSI

Abdulla Gulshaniy, jadidchilik, Kesh, Shahrisabz, Mir Arab madrasasi, “Tuhfat ul-ahbob”, muammochilik ilmi, adabiy meros, “Risolayi muammoyi manzum”.

Mualliflar

Maqolada XX asr o‘zbek adabiyoti va jadidchilik tarixida munosib o‘rin egallagan, ammo hanuzgacha yetarlicha o‘rganilmagan shoir, tarjimon va jamoat arbobi Abdulla Gulshaniy (1898-1978) hayoti va faoliyati keng tarixiy-madaniy kontekstda yoritiladi. Uning Shahrisabzda tug’ilib, Buxoro Mir Arab madrasasida tahsil olgani, jadidlar harakatiga qo‘shilib mahalliy yoshlar guruhini tashkil etgani, 1919-yildagi qatag’oni, sovet davridagi mehnat faoliyati hamda Sharq mumtoz adabiyoti namunalarini tarjima qilish va muammochilik ilmi bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishlari tarixiy-biografik manbalar, shuningdek so‘nggi yillardagi matnshunoslik tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi.