Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIBBIYOT OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA FANLARNI INGLIZ TILIDA O'QITISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Oliy ta’limni xalqarolashtirish, akademik mobillik, ingliz tilida ta’lim, til siyosati, xorijiy til kompetensiyasi, xorijiy talabalar, O‘zbekiston, Markaziy Osiyo

Mualliflar

  • Hilola F. MAKSUDOVA, Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada O‘zbekistonda oliy ta’limni xalqarolashtirish jarayoni xalqaro talabalar akademik mobilligi, ingliz tilida ta’lim berish, til siyosati hamda xorijiy tildagi kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish masalalari doirasida tahlil qilinadi. Ingliz tilining ta’lim vositasi sifatida tarixiy shakllanishi va zamonaviy oliy ta’limdagi o‘rni, shuningdek, til siyosati va oliy ta’limni xalqarolashtirish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ko‘rib chiqiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida akademik mobillik masalasiga, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi xorijiy talabalar soniga oid qiyosiy ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratiladi