Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAQAMLI JAMIYATDA YOSHLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISHNING AKSIOLOGIK ASOSLARI

Aksiologiya, yoshlar jinoyatchiligi, profilaktika, raqamli jamiyat, qadriyatlar tizimi, anomiya, ijtimoiylashuv, ma’noviy mo‘ljal, huquqiy ong, ijtimoiy nazorat.

Mualliflar

  • Xusanboy N. SULTONOV Mustaqil tadqiqotchi, Namangan davlat universiteti, Namangan, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada raqamli jamiyat sharoitida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish masalasi aksiologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Profilaktika faoliyati faqat huquqiy taqiq, nazorat va jazo qo‘rquvi tizimi sifatida emas, balki shaxsning qadriyatlar tuzilmasiga yo‘naltirilgan ma’noviy-tarbiyaviy jarayon sifatida talqin etiladi. Maqolada raqamli muhitda qadriyatlarni uzatish an’anaviy institutlaridan algoritmik va tarmoqli agentlarga o‘tish, qadriyatlar plyuralizmi sharoitidagi normativ noaniqlik hamda anomiya holatining yoshlar deviatsiyasiga ta’siri asoslanadi