Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ICHKI ISHLAR XODIMLARINING HUQUQIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ichki ishlar xodimi, huquqiy savodxonlik, huquqiy ong, kasbiy identifikatsiya, protsessual adolat, o‘zini o‘zi boshqarish, huquqiy qaror, refleksiya, kasbiy madaniyat.

Mualliflar

  • Xamza SAFAROV Tadqiqotchi, Qarshi davlat universiteti, Qarshi, O‘zbekiston , Uzbekistan

Maqolada ichki ishlar xodimlarining huquqiy savodxonligini shakllantirish masalasi psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Huquqiy savodxonlik faqat normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi bilan cheklanmay, huquqiy vaziyatni anglash, normani xizmat vazifasiga mos talqin qilish, vakolat chegarasini hisobga olgan holda qaror qabul qilish, qarorni fuqaroga tushunarli va hurmatli tarzda izohlash hamda o‘z xatti-harakatini refleksiv baholashni birlashtiruvchi funksional tizim sifatida talqin etiladi. Xalqaro politsiya psixologiyasi va protsessual adolat tadqiqotlari, shuningdek O‘zbekiston ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar qiyosiy-nazariy tahlil qilindi.