Ijtimoiy-gumanitar fanlar

PROFESSIONAL-AMALIY SPORTNING IJTIMOIY-FALSAFIY AHAMIYATI

Professional-amaliy sport, jismoniy madaniyat, ijtimoiy-falsafiy tahlil, ijtimoiylashuv, jamoaviylik, fidoyilik, mas’uliyat, ijtimoiy institut, ijtimoiy kapital, sog‘lom turmush tarzi, fuqarolik jamiyati

Mualliflar

  • Bahtiyor B. SULTANOV Mustaqil tadqiqotchi, Namangan davlat universiteti, Namangan, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada professional-amaliy sportning ijtimoiy-falsafiy ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda sportning shaxs tarbiyasidagi o‘rni, uning fidoyilik, mas’uliyat, intizom va jamoaviylik kabi ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, professional-amaliy sportning ijtimoiy institut sifatidagi mohiyati, jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida sportning ijtimoiy kapitalni shakllantirishdagi o‘rni ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari professional-amaliy sportning jamiyat taraqqiyotidagi ko‘p qirrali funksiyalarini ochib berishga xizmat qiladi.