Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ABDULLA QODIRIY IJODIDA SHAXS VA JAMIYAT MUNOSABATLARINING IJTIMOIY-FALSAFIY TALQINI

Abdulla Qodiriy, shaxs, jamiyat, ijtimoiy falsafa, erkinlik, ijtimoiy mas’uliyat, ijtimoiy muhit, adolat, milliy o‘zlik, ma’rifat.

Mualliflar

  • Dostonbek NAIMOV, Tayanch doktorant, Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada Abdulla Qodiriy ijodida shaxs va jamiyat munosabatlarining ijtimoiy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Shaxs erkinligi, ijtimoiy mas’uliyat, ijtimoiy muhit bosimi, milliy-ma’naviy qadriyatlar hamda insonning shaxsiy intilishlari bilan jamiyatning qotib qolgan me’yorlari o‘rtasidagi ziddiyat asosiy tadqiqot muammosi sifatida yoritiladi. “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlaridagi obrazlar ijtimoiy-falsafiy, qiyosiy, germenevtik va matniy tahlil usullari asosida o‘rganiladi. Tahlil Qodiriyda shaxs fojiasi faqat individual mojaro emas, balki eskirgan ijtimoiy munosabatlar, patriarxal qoliplar va adolatsizlikning natijasi sifatida talqin etilishini ko‘rsatadi. Adib merosining shaxs erkinligi va ijtimoiy mas’uliyat dialektikasini anglashdagi ilmiy-ma’naviy ahamiyati asoslanadi.