Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MISSIONERLIK VEB-RESURSLARINI FARQLASHGA QARATILGAN MEZONLAR MAJMUASI

kibermissionerlik, raqamli missionerlik, veb-resurslar, o‘zbek auditoriyasi, mezonlar majmui

Mualliflar

  • Shohsanam NIYAZOVA O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi doktoranti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Kibermakonda turli mazmundagi, jumladan diniy mavzudagi ma’lumotlarning tarqatilishi ustidan nazorat olib borishning murakkabligi, yopiq diniy jamoalarning onlayn ochilishi hamda voyaga yetmaganlar va yoshlarning asosiy auditoriyaga aylantirilishi ushbu jarayonlarga alohida e’tibor qaratish va oldini olish yo‘llarini ilgari surishni taqozo etmoqda. Maqolada tahlilga tortilgan 10 ta missionerlik saytlarini qiyosiy, kontent tahlil qilish va ta’sir mexanizmlarini aniqlash orqali ularni farqlashga qaratilgan mezonlar majmui ishlab chiqildi. Ushbu mezonlar majmuini takomillashtirgan holda tegishli tashkilot va ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun aholiga yetkazishga mo‘ljallangan metodik qo‘llanma ishlab chiqilishi ishning amaliy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi