Ijtimoiy-gumanitar fanlar

HARBIY-MA’MURIY SEKTORLARNING HUQUQIY TABIATI VA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDAGI O‘RNI: TASHKILIY-HUQUQIY TAHLIL

Harbiy-ma’muriy sektor, mudofaa, hududiy mudofaa, harbiy okrug, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, huquqiy maqom, fuqaroviy-harbiy munosabatlar, safarbarlik tayyorgarligi.

Mualliflar

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida hududiy mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida tashkil etilgan harbiy-ma’muriy sektorlarning huquqiy tabiati va davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonun, Hukumat va Prezident darajasidagi quyi hujjatlar, shuningdek fuqaroviy-harbiy munosabatlar nazariyasi asosida olib borilgan.