Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTON YOSHLARINING SIYOSIY ONGINI SHAKLLANTIRISHNING QADRIYAT ASOSLARI

milliy qadriyatlar, siyosiy ong, siyosiy madaniyat, yoshlar, siyosiy ijtimoiylashuv, fuqarolik mas’uliyati, demokratik rivojlanish, siyosiy tizim.

Mualliflar

  • Eleonora YUSUPOVA Dotsent, PhD, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni rivojlantirish sharoitida O‘zbekiston yoshlarining siyosiy ongini
shakllantirishning qadriyat asoslari tadqiq etilgan. Yosh avlodning siyosiy ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim qadriyat
yo‘nalishlari sifatida kattalarga hurmat, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, mehnatsevarlik, ijtimoiy mas’uliyat, shuningdek,
barqarorlik va jamoat tartibining yuksak qadriyat sifatida e’tirof etilishi aniqlangan. Zamonaviy sharoitda mazkur an’anaviy
qadriyatlar qonun ustuvorligi, fuqarolik faolligi, siyosiy ishtirok va huquqiy madaniyat kabi demokratik tamoyillar bilan
uyg‘unlashib borishi ko‘rsatib berilgan. Milliy qadriyatlar nafaqat o‘zbek jamiyatining madaniy o‘ziga xosligini ifodalovchi muhim
unsur, balki yoshlarning siyosiy ongini shakllantirishning asosiy omillaridan biri ekanligi tahlil qilindi.