Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI: TARIXIY TARAQQIYOT, YANGI TASHABBUSLAR VA ISTIQBOLLAR

Shanxay hamkorlik tashkiloti, ShHT, O‘zbekiston, “Shanxay ruhi”, mintaqaviy xavfsizlik, integratsiya, transport koridorlari, iqtisodiy hamkorlik, sun’iy intellekt, suv xavfsizligi, energetika xavfsizligi, Afg‘oniston, xalq diplomatiyasi.

Mualliflar

  • Shuhratjon XAYDARALIYEV Falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b. Namangan davlat universiteti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi, institutsional taraqqiyoti va XXI asrning uchinchi o‘n
yilligidagi faoliyati tarixiylik, tizimlilik va qiyosiy tahlil tamoyillari asosida o‘rganilgan. ShHTning mintaqaviy xavfsizlik
tashkilotidan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, raqamli texnologiyalar, ekologik, energetik va madaniy-gumanitar
hamkorlikni qamrab oluvchi ko‘p tarmoqli xalqaro tuzilmaga aylanish jarayoni tahlil qilingan. Ayniqsa, O‘zbekiston
Respublikasining 2001-yilda ShHTni ta’sis etgan davlatlardan biri sifatidagi o‘rni, keyingi yillarda tashkilot faoliyatini
takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslari hamda 2025–2026 yillarda ilgari surilgan yangi takliflari ilmiy jihatdan baholangan.