Tabiiy fanlar

ROTSE1 J180924.96+440611.8 O‘ZGARUVCHAN YULDUZINING FOTOMETRIK TADQIQOT NATIJALARI

O‘zgaruvchan yulduzlar, qo‘shaloq yulduzlar, tasvirlarga ishlov berish, optik kuzatuvlar, ZAQ fotometriya, faza egri chizig‘i.

Mualliflar

  • Bolqinjon JURAYEV O‘zR FA Astronomiya instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Shuhrat EGAMBERDIYEV O‘zR FA Astronomiya instituti akademigi, fizika-matematika fanlar doktori, Uzbekistan
  • Оtabek BURXONOV O‘zR FA Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlar nomzodi, Uzbekistan

Ushbu maqolada ROTSE1 J180924.96+440611.8 obyektining Samarqand o‘quv observatoriyasida 2022-2023 yillarda
kuzatilgan ma’lumotlarning fotometrik natijalari hamda qiyosiy tahlil uchun ASAS-SN va ZTF ochiq ma’lumotlar bazasidagi
ma’lumotlardan foydalanilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Bu obyekt pulsatsiyalanuvchi DS tipidagi o‘zgaruvchan yulduz
emasligi, faza egri chizig‘i tavsifiga ko‘ra EW tipidan biz oz farqli ekanligini namoyon qilgani holda CBF zich to‘siluvchan
qo‘shaloq tizim ekanligi tasdiqlandi.