Tabiiy fanlar

JANUBIY FARG’ONA SEYSMOGEN ZONASINING ZILZILALARI KUCHLANGANLIK ASOSIY O’QLARI TAHLILI

seysmiklik, seysmogen zona, kuchlanganlik o’qlari, zilzila, giposentr, episentr, magnituda, zilzila o’chog’i mexanizmi.

Mualliflar

  • Chingiz MUXAMMEDRAXIMOV O‘zbekiston Milliy universiteti Geofizikaviy tadqiqot usullari kafedrasi tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Dilshot ATABAEV O‘zbekiston Milliy universiteti Geofizikaviy tadqiqot usullari kafedrasi professori v.b., Uzbekistan

Ushbu maqolada tektonik va seysmik faol hudud hisoblangan Janubiy Farg’ona seysmogen zonasining 2016-2018 yillar
mobaynida qayd etilgan zilzilalarni qayta ishlash natijasida qurilgan zilzilalar o’chog’i mexanizmlarining kuchlanganlikning
asosiy o’qlari yo’nalganligi holati asosiy ma’lumot hisoblanadi. Farg’ona vodiysi bo’yicha sodir bo’lgan hamda qayd qilingan
zilzilalar soni O’zbekistonda sodir bo’lgan ja’mi zilzilalar miqdori bilan solishtirilgan. Qayd etilgan zilzilalarni o’choq
mexanizmlari ma’lumotlari shimolga nisbatan azimut ko’rsatkichlari tahlil qilingan.