Ijtimoiy-gumanitar fanlar

YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING STRATEGIK TARAQQIYOTI

Yangi O‘zbekiston, maktabgacha ta’lim, strategik rivojlanish, inson kapitali, ta’lim sifati, maktabgacha ta’lim tashkiloti, pedagog kompetensiyasi, inklyuziv ta’lim, raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklik, ta’lim islohotlari.

Mualliflar

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida maktabgacha ta’lim tizimini strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mavjud imkoniyat va muammolari hamda istiqboldagi vazifalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Maktabgacha ta’lim inson kapitalini rivojlantirishning dastlabki va eng muhim bosqichlaridan biri sifatida qaralib, uning sifati mamlakatning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.