Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GRADUONIMIYA TUSHUNCHASI VA UNING YONDOSH HODISALARGA MUNOSABATI

Graduonimiya, graduonim, darajalanish, leksik-semantik munosabat, sinonimiya, antonimiya, giponimiya, polisemiya, intensivlik, lingvopoetika.

Mualliflar

  • Nasiba RO‘ZIYEVA O‘qituvchi, IIV ixtisoslashtirilgan maktab internati, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada graduonimiya hodisasining leksik-semantik tabiati, o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi hamda sinonimiya, antonimiya, giperonimiya-giponimiya va polisemiya kabi yondosh hodisalar bilan munosabati tahlil qilinadi. Graduonimik munosabatning asosiy belgisi sifatida muayyan semantik belgining bosqichma-bosqich kuchayishi yoki susayishi, birliklarning izchil va yo‘nalishli tarzda joylashuvi hamda qatorning nisbiyligi yoritiladi. Shuningdek, graduonimiyaning turli til sathlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari va uning badiiy, xususan, she’riy matndagi lingvopoetik imkoniyatlari ochib beriladi. Graduonimlarning poetik matnda semantik aniqlik, ekspressivlik, emotsional dinamika va obrazlilikni yuzaga keltirishdagi o‘rni
asoslanadi.