Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MAHKUMLARNI OZODLIKKA TAYYORLASH VA IJTIMOIY REINTEGRATSIYA QILISHNING FALSAFIY- HUQUQIY ASOSLARI

penitensiar huquq, antropopenologiya, shaxs erkinligi, huquqiy maqom, ijtimoiy reintegratsiya, tabiiy huquqlar, oddiylik tamoyili, pentitensiar subkultura, ozodlikka tayyorlash, falsafiy antropologiya.

Mualliflar

  • Ulug‘bek SAYDULLAYEV PhD, dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada penitensiar muassasalarda jazoni o‘tayotgan shaxslarni ozodlikka tayyorlash va ularni jamiyatga qayta qo‘shish
jarayonining falsafiy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Muallif mahkumning huquqiy maqomini, uning erkinlik va tabiiy huquqlar
bilan munosabatini falsafiy antropologiya nuqtai nazaridan ko'rib chiqadi. Tadqiqotda «antropopenologiya» tushunchasi, «oddiylik
tamoyili» va shaxsning ozodlik sharoitida o‘z-o‘zini anglashi masalalari mavjud ilmiy manbalar asosida o‘rganilgan. Muallif jazoni
ijro etish muassasasi ichidagi norasmiy munosabatlar tizimi shaxs identikligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Shuningdek,
milliy va xorijiy huquqiy tajriba qiyosiy tarzda tahlil qilinadi. Maqola yakunida ozodlikka tayyorlash tizimini takomillashtirish
bo‘yicha falsafiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.