KO‘P YILLAR DAVOMIDA MINERAL VA ORGANIK O‘G‘ITLARNI QO‘LLASHNING SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI VA FOSFORLI HOLATIGA TA’SIRI

sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq, mineral va organik o‘g‘itlar, gumus, asosiy oziqa elementlari, fosfatlarning fraksiyaviy tarkibi

Mualliflar

  • Abdunabi BOIROV Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi, q.x.f.n., Uzbekistan
  • Shuxrat JURAYEV Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, b.f.f.d., Uzbekistan
  • Otabek XOLMATOV Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti kichik ilmiy xodimi., Uzbekistan

##submission.downloads##

Maqolada Paxtachilik instituti tomonidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda 1926 yilda qo‘yilgan ko‘p yillik tajribada mineral o‘g‘itlar va go‘ngining tuproqning agrokimyoviy xossalariga hamda fosforning noorganik va organik shakllardagi labil, o‘rtacha labil va stabil fraksiyalari miqdorlariga ta’sirini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlarda umumqabul qilingan kimyoviy tahlillar usullari hamda tuproq noorganik va organik fosfatlarining fraksiyaviy tarkibini aniqlash imkoniyatini beruvchi Hedley usuli qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha tajribaning 96 yilida (1926-2022 yy.) mineral o‘g‘itlar (N250P175K125kg/ga) va 30 t/ga go‘ng+25 kg/ga P2O5 variantlari tuprog‘ida gumus, azot, fosfor va kaliy miqdorlari nazoratga nisbatan sezilarli darajada ko‘paygan. Shu bilan birga tuproq singdirish sig‘imi oshishi va singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy va kaliy miqdorlarining ko‘payishi aniqlandi. Mineral o‘g‘itlar, ayniqsa go‘ng ta’sirida tuproq umumiy fosfori tarkibida organik fosforning ulushi oshgan. Bunda, noorganik va organik fosforning barcha fraksiyalari, ayniqsa labil fraksiyalari miqdori ko‘payishi kuzatildi.