декоративный, ландшафтный дизайн, озеленение городов. TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IGA INTRODUKSIYA QILINGAN MANZARALI LONICERA KOROLKOWII STAPF (CAPRIFOLIACEAE JUSS.) NING GULLASH DINAMIKASI

Lonicera korolkowii, kunlik, mavsumiy, gullash, havo harorati, havoning nisbiy namligi, introduksiya, manzarali, landshaft dizayni, shaharlarni kо‘kalamzorlashtirish

Mualliflar

  • Nargiza RAXIMOVA О‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akayemik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining katta ilmiy xodimi , Uzbekistan
  • Sobitjon NOSIROV О‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akayemik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining kichik ilmiy xodimi , Uzbekistan

##submission.downloads##

Ilk bor Toshkent Botanika bog‘i sharoitida Lonicera korolkowii Stapf ning kunlik va mavsumiy gullash dinamikasi havo harorati va havoning nisbiy namligiga bog‘liq holda о‘rganilgan. 2 yillik (2022-2023 yy.) gullash dinamikasi bо‘yicha olingan qiyosiy natijalarga kо‘ra, 2022-yilga nisbatan 2023-yilda gullash fazasining 8 kun oldin (28.03) boshlanganligi (havo harorati 27 oС, havoning nisbiy namligi 34%) va gullashining 5 kun erta tugaganligi (14.04) kuzatildi. Bu – havo haroratining 2022-y. ga (14 oС, 47%) nisbatan 2023-y. da kо‘tarilganligi (33 oС) va havoning nisbiy namligiga (28%) bog‘liqligi bilan izohlanadi. Bu holat bevosita urug‘ mahsuldorligining ham ortishiga sabab bо‘lgan, ya’ni 2022-y. urug‘ mahsuldorlik koeffitsiyenti nisbatan pastroq (72,0%), 2023-y. esa yuqori (86,4%) kо‘rsatkichni tashkil etdi. Lonicera korolkowii ning introduksiya sharoitida gullash dinamikasi va urug‘ mahsuldorligini о‘rganish – kelgusida ushbu turni о‘rmonchilik, landshaft dizayni yoki kо‘kalamzorlashtirishga joriy etishda qaysi sohalarda qо‘llash yoki qancha miqdorda foydalanish imkonini beradi. Toshkent Botanika bog‘ida yaxshi gullab, meva hosil qilishi – introduksiya muvaffaqiyati hisoblanib, ushbu sharoitga tо‘liq moslashganligini kо‘rsatadi. Shu boisdan о‘simlikni respublikamiz shaharlarini kо‘kalamzorlashtirishda manzarali о‘simlik sifatida tavsiya etish mumkin.