FARG`ONA VODIYSI TO`G`RIQANOTLI HASHAROTLARI (INSECTA: ORTHOPTERA) EKOLOGIK GURUHLARI

Farg`ona vodiysi, ekologik guruh, tur tarkib, orthoptera, gerpetobiont, fakultativ xortobiont, tamnobiont, eremobiont, boshoqli xortobiont, fissurobiont, petrobiont, geobiont.

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu maqolada 2017-2023 yillar davomida Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarining tabiiy va antropogen hududlardan aniqlangan to‘g‘riqanotli hasharotlarning biologik xilma-xilligi, hayotiy shakllariga ko`ra turli ekologik guruhlarga mansubligi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Unga ko`ra, Farg`ona vodiysi sharoitida to‘g‘riqanotli hasharotlarining hayot shakliga asosan guruhlanishida eng ko`p uchrovchi turlar fakultativ xortobiont (18,3%), eremobiont (17%), tamnobiont (9,1%), boshoqli xortobiont (9,1%) ekologik guruhiga mansubligi aniqlandi. Boshqa ekologik guruhlarda esa turlar soni 1-4 turdan iborat ekanligi aniqlandi.