SHIMOLI-G‘ARBIY QIZILQUMDA TARQALGAN BUTALAR ISHTIROKIDAGI ARALASH JUZGUNLI YAYLOV XILINING HOZIRGI HOLATI

Сalligonum, Shimoli-G‘arbiy Qizilqum, yaylov xillari, ozuqaviy qiymati, hosildorligi.

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu maqolada Shimoli-G‘arbiy Qizilqumda tarqalgan butalar ishtirokidagi (Ephedra strobilacea, Xylosalsola richteri, Astragalus villosissimus) aralash juzg‘unli (Сalligonum microcarpum, C. caput-medusae, C. acanthopterum, C. leucocladum) yaylov xilining hozirgi holati keltirilgan. Сalligonum boshqa yaylov xillarining ozuqa birliklarini muvozanatlashtiradigan qimmatli yem-xashak o‘simlik sifatida qayd etilgan. O‘rganilayotgan yaylov xilining maydoni, tuproq qoplamining tabiati, proyektiv qoplamining foiz nisbati, landshaft o‘simlik turlari, ularning joylashishi, ozuqa massasining hosildorligi, o‘simlik turlarining ro‘yxati, shuningdek tavsiya yetilgan mavsumiyligi aniqlangan. Shu bilan birga, ushbu yaylov xili yil bo‘yi foydalaniladigan yaylov sifatida tavsiya etilgan.