AMUDARYO HOZIRGI DELTASI TUPROQ QOPLAMI STRUKTURASINING RELYEF ELEMENTLARI BILAN O‘ZARO ALOQADORLIGINI O‘RGANISH

Relyef plastikasi usuli, tuproq qoplami strukturasi, kichik deltalar, “Elementar landshaft” guruhlari, balandlik va pastliklar, relyefning daraxtsimon strukturasi, tuproq turlari

Mualliflar

  • Otabek JONIYEV Navoiy davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

##submission.downloads##

Maqolada Amudaryo hozirgi deltasi tuproq qoplami strukturasining relyef elementlari bilan aloqadorligi ilk bor relyef plastikasi usuli asosida tahlil qilindi. Obyektning yirik masshtabli relyef plastikasi kartasi asosida sug‘orilmaydigan hududlar misolida tuproq qoplami strukturasining relyef elementlari bilan birikuvi dala sharoitida tadqiq qilindi. Shu bilan bir qatorda, obyektning relyef plastikasi kartasi asosida “Elementar landshaft” guruhlari ajratildi. So‘ng esa tuproq qoplami strukturasining kichik deltalar misolida (Ko‘hnadaryo-Qozoqdaryo, Oqboshli, Qipchoqdaryo) tartibli o‘zgarishi o‘rganildi. Ayniqsa kichik deltalarning yuqori qismida joylashgan tuproq qoplamining strukturasi asosan kuchsiz sho‘rlangan bo‘lsa, quyi qismida joylashgan tuproqlar kuchli sho‘rlangan bo‘ladi. Tuproq qoplami strukturasining relyef plastikasi usuli asosida tahlil qilish o‘z navbatida bu tuproqlarda ro‘y berayotgan cho‘llanish jarayonini prognoz qilishga ilmiy asos yaratadi.