TOSHKENT SHAHRINING EKOLOGIK VAZIYATI

: ekologik vaziyat, aholining umumiy kasallanishi, inson salomatligi, atrof-muhit, iqlim oʻzgarishi, o'lim, sanoat va maishiy chiqindilari

Mualliflar

  • Nilufar KOMILOVA O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi professori, g.f.d. , Uzbekistan
  • Bibinur GULMURZAYEVA, Gidromeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan

##submission.downloads##

Aholi salomatligi va kasallanish koʻrsatkichlari bevosita tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy sharoitga, ayniqsa atrof-muhitning ekologik vaziyatiga bogʻliq. Ayniqsa, bugungi kunda yirik shaharlarda, jumladan Toshkent shahrida ekologik vaziyatning oʻzgarishi bilan aholi salomatligi bilan bogʻliq qator muammolar yuzaga kelmoqda. Bunday hududlarda allergiya, yurak, qon-tomir, nafas olish, oʻsma kasalliklari asosiy oʻrin tutadi. Bu hol urbotizimlar ekologik monitoringini olib borishda oʻz ifodasini topadi va bunda mahalliy tabiiy geografik sharoit, relyef tuzilishi, mikroiqlimi, atrof-muhitining ifloslanishi, yer usti, yer osti suvlari, tuproqlari, oʻsimlik va hayvonot olami, iqtisodiy-ijtimoiy va demografik omillar taʼsiriga asosiy urgʻu berish muhim ahamiyat kasb etadi.