AMUDARYO HOZIRGI DELTASI TABIAT KOMPONENTLARINING TABAQALANISHIDA RELYEF STRUKTURASINING ROLI

Tabiat komponentlar, kichik deltalar, relyef strukturasi, “elementar landshaft” guruhlari, balandlik va pastliklar, tuproqlarning meliorativ holati.

Mualliflar

  • Olimjon XAKIMOV Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi, Uzbekistan

##submission.downloads##

Maqolada Amudaryo hozirgi deltasi tabiat komponentlarining tabaqalanishida ilk bor relyef strukturasining roli baholandi. Bizning olib borgan tadqiqotlarimiz asosida sug‘orilmaydigan hududlardagi kichik deltalar misolida tabiat komponentlarining tizimli tabaqalanishi ko‘rib chiqiladi. Bu kichik deltalarning yuqori qismida avtomorf rejimidagi tabiat komponentlari ustunlik qilsa, quyi qismida esa gidromorf rejimidagi tabiat komponentlari ko‘p maydonni egallaydi. Shu bilan bir qatorda bu kichik deltalardagi “Elementar landshaft” guruhlarining tabaqalanishi ham ko‘rib chiqiladi. Kichik deltalarning yuqori qismida elyuvial elementar landshafti ustunlik qilsa, quyi qismida esa superakval elementar landshafti ustunlik qiladi.